Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Oʻzbekiston 2030 yilgacha savdo hamkorligini koʻrib chiqdi

Toshkentda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Oʻzbekiston hukumati 2027–2030 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasini hamda savdoni kengaytirish choralarini muhokama qildi.

20-noyabr, 11:48По-русски

Read in English

Qoʻshma ishchi guruhning 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan beshinchi yigʻilishida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar va hamkorlikning yangi rejasini tayyorlash masalasini koʻrib chiqdi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi soʻnggi toʻrt yilda 80 foizga oshgan, 2025 yilda esa yana 16 foizga koʻpayib, qariyb 21 milliard dollarga yetgan.

Yigʻilishga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot boʻyicha vaziri Daniyar Imanaliyev hamda Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ibrohim Ergashev hamraislik qildi. Ishtirokchilar, shuningdek, 2024–2026 yillarga moʻljallangan rejaning bajarilishini va 2027–2030 yillarga moʻljallangan navbatdagi hujjatni tayyorlash masalasini muhokama qildi.

Kun tartibidan sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma loyihalari, tranzitni soddalashtirish, elektron savdo va bojxona maʼmuriyatini raqamlashtirish masalalari oʻrin oldi. Bundan tashqari, tomonlar tovarlar va transport vositalari haqidagi maʼlumotlarni almashish toʻgʻrisidagi bitimni, shuningdek, Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va uchinchi davlatlar uchun yagona bojxona tranziti tizimida ishtirok etishi mumkinligini koʻrib chiqdi. Imanaliyevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari ishtirokidagi 5 mingta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda.