Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

«Kelajak oʻyinlari-2026» sovrindori Oʻzbekiston chempioni boʻldi

Astanada oʻtgan «Kelajak oʻyinlari-2026» sovrindori «Olimpik» jamoasi fijdital-futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqdi. Turnir Toshkentda oʻtmoqda.

18-noyabr, 18:28По-русски

Read in English

Toshkentda fijdital-sportning bir necha yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtmoqda. Sovrinli oʻrinlar uchun Qoraqalpogʻiston, viloyatlar, Toshkent va toʻrtta mintaqaviy bosqichdagi musobaqalardan saralangan 36 jamoa kurashmoqda.

Fijdital-futbolda iyul–avgust oylarida Astanada oʻtgan «Kelajak oʻyinlari-2026» sovrindori «Olimpik» gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Navoiy viloyatidan «Alpomish», uchinchi oʻrinni esa Chirchiqdan «Olimpiya» egalladi.

Fijdital-basketbolda «Renessans» universiteti jamoasi eng yaxshi natijani qayd etdi. Keyingi oʻrinlarni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi hamda Qoraqalpogʻiston terma jamoasi egalladi.

Just Dance yoʻnalishida Toshkentdan Sogdiana Abduxalikova, Chirchiqdan Farangiz Shakirjanova va Andijondan Mohinur Rahimberdiyeva yetakchilik qildi. Musobaqalar davom etmoqda.