Eron Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni AQShning mintaqadagi harakatlari diqqat bilan kuzatilayotganini aytdi
Eron Qurolli kuchlari AQShning Yaqin Sharqdagi harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda Eron armiyasi bosh qoʻmondoni, general-mayor Amir Hatami maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Fars.

Bu bayonot mintaqaga AQShning uchinchi aviatashuvchi kemasi kelganidan keyin yangradi.
Generalning soʻzlariga koʻra, raqib oʻz kuchlarini oshirmoqda, Eron harbiylari esa uning qoʻshinlari va texnikasining barcha harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
16 noyabr kuni USS Theodore Roosevelt yadroviy aviatashuvchi kemasi AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligining (CENTCOM) masʼuliyat hududiga kirdi. Endi Erondan janubi-sharqda, Arabiston dengizida AQShning uchta aviatashuvchi zarba guruhi joylashgan.
Axios portali AQShning mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari ishtiroki sezilarli darajada oshganini yozmoqda. Bu Eron bilan yetti oydan koʻproq vaqt davom etayotgan urush fonida yuz bermoqda.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
