Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Oʻzbekiston va Iordaniya 19 ta hujjatni imzolab, strategik sheriklikni mustahkamladi

Shavkat Mirziyoyev va qirol Abdulla II Oʻzbekiston bilan Iordaniya oʻrtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib oldi.

25-noyabr, 16:58По-русски

Read in English

gov.uz

Ammanda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida tomonlar 19 ta hujjatni imzoladi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari qatoridan savdo, investitsiyalar, transport, qishloq xoʻjaligi, energetika, sogʻliqni saqlash va raqamli texnologiyalar oʻrin oldi. Mamlakatlar, shuningdek, preferensial savdo toʻgʻrisidagi bitimni va oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollargacha oshirish maqsadini muhokama qildi.

Toshkent va Amman, shuningdek, Samarqand hamda Petra turistik hududi oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar tuzildi. Tashrif davomida yetakchilar oliy davlat mukofotlarini oʻzaro topshirdi.