Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolari mahalliy kengashlar sessiyalarida kuzatuvchi boʻla oladi

2027-yil 1-yanvardan fuqarolar mahalliy kengashlar sessiyalarida kuzatuvchi boʻla oladi, ammo ularning ishiga aralasha olmaydi.

18-noyabr, 16:21По-русски

Read in English

Bu prezident farmonida nazarda tutilgan. 2026-yil 1-dekabrdan tuman va shahar kengashlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini yuridik xizmat koʻrsatish markazlari oʻtkazadi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari kengashlar oldida shaxsan va belgilangan muddatlarda hisobot berishi kerak boʻladi. Har chorakda sessiyalarning birinchi masalasida, odatda, aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda saylov okruglari muammolari koʻrib chiqiladi. Muhokamada hokimlar va ularning oʻrinbosarlari qatnashadi.

Kengashlar qarorlarni bajarmaydigan yoki hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaydigan mansabdorlarning lavozimiga muvofiq emasligi yoki intizomiy javobgarligi toʻgʻrisida yuqori turuvchi organlarga taqdimnomalar yuborishi mumkin. Bunday murojaatlar majburiy tartibda koʻrib chiqiladi. Deputatlar, shuningdek, vakillik darajasiga qarab, oʻz hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga toʻsqinliksiz tashrif buyurish huquqiga ega boʻladi.

2028-yil uchun mahalliy budjet loyihasini tayyorlashda deputatlar tashabbusi bilan xarajatlarning 3 foizdan 5 foizigacha boʻlgan qismi hudud toifasiga qarab taqsimlanadi. Tegishli takliflar keyingi yil uchun budjet soʻrovi shakllantirilishidan kamida bir oy oldin tayyorlanishi kerak.