Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

LeBron James NBA tarixidagi eng katta yoshda trip-dabl qayd etgan oʻyinchiga aylandi va oʻz rekordini yangiladi

“Filadelfiya Siksers” forvardi LeBron James NBAʼdagi oʻz rekordini yangiladi: liga tarixida hech kim trip-dablni undan katta yoshda qayd etmagan.

27-noyabr, 12:54По-русски

Read in English

championat.com

26 noyabrga oʻtar kechasi “Siksers” NBA kubogi oʻyinida “Mayami Hit”ni 111:104 hisobida magʻlub etdi. James 25 ochko toʻpladi, 10 ta ribaund oldi va 12 ta samarali uzatma berdi. U maydondan 15 ta zarbaning 9 tasini, jumladan, uch ochkolik 6 ta zarbaning 4 tasini aniq amalga oshirdi.

Ushbu oʻyin kuni LeBron 41 yosh-u 330 kunlik edi.