Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

BBC Sport: Isak «Liverpul»ning ishonchini oqlamoqda

«Liverpul» safarda «Bryugge»ni 3:0 hisobida magʻlub etdi, Aleksander Isak esa dubl qayd etdi. Hujumchining bu mavsumdagi gollari soni 10 taga yetdi — bu jamoa safidagi ilk mavsumida urgan gollaridan ikki baravardan ham koʻp, deb yozadi BBC Sport.

27-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

Rolandhino1 / Wikimedia Commons

Isakning «Liverpul»dagi ilk yili koʻngildagidek kechmadi. Transferining choʻzilib ketgani sababli u mavsumoldi tayyorgarlikni oʻtkazib yubordi, dekabr oyida esa oyogʻini sindirdi. Hozir forvard formaga kirdi: klubning soʻnggi toʻrtta uchrashuvida u toʻrtta gol urdi.

Bryuggedagi ilk goli bilan Isak seriyasini davom ettirdi: u ketma-ket oltinchi safar uchrashuvida gol urdi. Umuman, uning barcha turnirlardagi safar oʻyinlarida sakkizta goli bor — Erling Holandda ham shuncha gol qayd etilgan. Isak ikkinchi golini Alissonning uzatmasidan keyin urdi: u darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, toʻpni uning ustidan oshirib yubordi.

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola hujumchini nafaqat gollari, balki jamoa uchun qilgan mehnati uchun ham maqtadi. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Isak birinchi boʻlimda hujumlarni bogʻlashga yordam bergan, tanaffusdan keyin esa himoyaga ham qoʻshilgan.

Florian Virts ham formaga kirishda davom etmoqda. Iraolaning fikricha, har ikki futbolchi butun jamoa muvaffaqiyatli oʻynayotgani sababli yaxshiroq koʻrinmoqda. «Liverpul» uchun bu barcha turnirlardagi soʻnggi 10 uchrashuvdagi yettinchi gʻalaba boʻldi.