Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston 4 milliard dollarlik 131 ta yoʻl loyihasiga xususiy biznesni jalb qilmoqchi

Bu rejalar haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasi investorlari va tadbirkorlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

27-noyabr, 16:52По-русски

Read in English

president.uz

Uchrashuv Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining ilmiy-amaliy markazida boʻlib oʻtdi.

Hokimlarga oʻz hududlaridagi yoʻl infratuzilmasiga oid bittadan yoki ikkitadan obyektni tanlab, ularni investorlarga taklif qilishni boshlash uchun bir oy vaqt berildi. Xususiy hamkor yoʻl yoki koʻprikni qurish, saqlash va boshqarishni oʻz ichiga olgan toʻliq jarayonni zimmasiga olishi mumkin.

Biznesga tayyor paketlar taqdim etiladi, har bir loyihaga texnik-iqtisodiy asos ham ilova qilinadi. Investorlar yoʻllar boʻyida doʻkonlar va servis obyektlarini ochishi mumkin, yaʼni loyihalar uchun qoʻshimcha daromad manbalari paydo boʻladi.

Prezident bunday loyihalar mamlakatning har bir tumanida paydo boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Bu sohadagi birinchi tashabbus emas. Avvalroq Oʻzbekiston yoʻl infratuzilmasiga 20 milliard dollargacha xususiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, hozir umumiy qiymati 5,6 milliard dollar boʻlgan beshta pullik avtomobil yoʻli loyihasi ishlab chiqilmoqda.