YI budjeti sammiti muvaffaqiyatsiz yakunlandi: yetakchilar “qizil chiziqlar”ga borib taqaldi
YI budjeti boʻyicha sammit kelishuvsiz yakunlandi. Ukrainaga 45 mlrd yevrolik kredit masalasi boʻyicha qaror dekabrgacha qoldirildi.

2028–2034-yillarga moʻljallangan YI budjeti boʻyicha sammit ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida murosaga kelinmagani sabab yakunlandi. Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta joriy narxlarda 1,78 trln yevrolik budjetni taklif qildi — bu dastlabki loyihadan 10 foiz kam. Biroq uning varianti turli tomonlarning qarshiligiga uchradi.
Ishtirokchilar xarajatlarni yanada qisqartirish tarafdorlari va yangi qisqartirishlarga qarshi mamlakatlarga boʻlindi. Birinchi guruhning kichik ishchi guruhlarini boykot qilishi muzokaralarni yanada murakkablashtirdi. Koshta uchrashuv muzokara jarayonining bir bosqichi boʻlganini, yangi budjet esa 2028-yil 1-yanvardan kerakligini aytdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron muzokaralarni dekabr oxirigacha yakunlashni talab qilib, taklif etilgan qisqartirishlarni strategik xato deb atadi. Germaniya kansleri Fridrix Merts esa xarajatlarni Koshta taklif qilgan 204 mlrd yevrodan ham koʻproq qisqartirish kerakligini bildirdi. Shu fonda Ukrainaga 45 mlrd yevrolik kredit masalasi dekabrgacha qoldirildi.



