Qatar Gran-prisi tashkilotchilari bosqich toʻla tribunalar oldida oʻtishini kutmoqda
Qatar Gran-prisi tashkilotchilari tribunalar toʻlishini kutmoqda: mintaqadagi xavfsizlik xavotirlariga qaramay, chiptalarning aksariyati sotilgan.

Qatar Avtosport va mototsport federatsiyasi prezidenti Abdulrahman bin Abdullatif Al-Mannai yakshanba kuni Formula 1 bosqichi toʻla tribunalar qarshisida oʻtishi mumkinligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, mehmonlar uchun ajratilgan barcha zonalardagi oʻrinlar sotib boʻlingan, chiptalar esa faqat bitta tribunada qolgan boʻlishi mumkin.
Al-Mannai bu tribuna kechqurunoq toʻliq toʻlishiga umid qilmoqda. U kutilayotgan tashrif buyuruvchilar soni rekord boʻlishini ham aytdi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, muxlislar qiziqishiga chempionlik uchun kurash taʼsir qilgan boʻlishi mumkin, yuqori talab esa Formula 1 va uning auditoriyasi kuchini koʻrsatgan.
Xavfsizlik vaziyati sababli yuzaga kelgan shubhalarga qaramay, tashkilotchilar tayyorgarlikni reja boʻyicha davom ettirdi. Al-Mannai Formula 1 ham, MotoGP ham qatnashishdan bosh tortishini maʼlum qilmaganini taʼkidladi: seriyalar vaziyatni baholagan, biroq bosqichlarni oʻtkazish uchun hech qanday shart qoʻymagan.



