Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Siyosat

Tramp Iroq bosh vazirining neft kontrabandasiga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini maʼqulladi

AQSh prezidenti Donald Tramp neft kontrabandasiga barham berish va davlatning qurol-yarogʻ ustidan nazoratini taʼminlashga intilayotgan Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydini qoʻllab-quvvatladi.

27-noyabr, 20:55По-русски

Read in English

The White House / Wikimedia Commons

27 noyabr kuni Tramp Truth Social tarmogʻida AQSh hukumati Iroqning butun hududida hukumat hokimiyatini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va neftning noqonuniy olib chiqilishiga chek qoʻyish borasida Az-Zeydi koʻrayotgan choralarni olqishlashini yozdi. Prezident, shuningdek, bosh vazir hukumat qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladigan yagona va farovon Iroqni barpo etishga intilayotganini bildirdi.

24 noyabr kuni Az-Zeydi Iroq Kurdistonidagi barcha chegara oʻtish punktlari hamda Diyala, Kirkuk, Naynava va Salohiddin viloyatlarida kurd tuzilmalari boshqarayotgan neft konlari ustidan nazoratni federal kuchlarga topshirish haqida buyruq berdi. Kurdiston rasmiylariga Iroq neft vazirligi roziligisiz neft eksportiga ruxsat berish taqiqlandi.

Iroq Kurdistoni hukumati bu choralarni konstitutsiyaga zid va federativ tamoyillarni buzuvchi deb atadi. 25 noyabr kuni tomonlar keskinlikning kuchayishini muhokama qilish uchun 1 dekabr kuni konferensiya oʻtkazishga kelishib oldi.