Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekistonda profilaktika inspektorlari bilan aloqa qilish tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekistonda profilaktika inspektorlariga aloqa tugmalari orqali murojaat qilish tartibi tasdiqlandi. Hukumatning 639-son qarori 2026-yil 25-noyabrda qabul qilindi.

27-noyabr, 21:17По-русски

Oʻzbekistonda 2026-yil 25-noyabrda aloqa tugmalarini oʻrnatish va fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishni tartibga soluvchi 639-son hukumat qarori qabul qilindi. Qurilmalar mahallalardagi profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari eshiklariga oʻrnatiladi. Xodim joyida boʻlmasa, aholi ulardan foydalanishi mumkin.

Tugma bosilgach, inspektorning xizmat plansheti yoki mobil qurilmasiga ovozli signal keladi. Xodim besh daqiqa ichida murojaat yoki xabarni qabul qilish choralarini koʻrishi kerak. Qurilmalarning sozligi ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.

Murojaatni uni birinchi boʻlib qabul qilgan inspektor koʻrib chiqadi. Mazmuniga qarab, murojaat inspektorning oʻziga, ichki ishlar organlari boʻlinmasiga yoki boshqa vakolatli davlat organiga yuborilishi mumkin. Yakunda fuqaroga belgilangan muddat va tartibda yozma javob yuboriladi.