Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashganda koʻriladigan choralar rejasi tayyorlandi
Oʻzbekistonda havo sifati yomonlashgan taqdirda qoʻllanadigan choralar loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Unda transport, qurilish ishlari va davlat tashkilotlari faoliyatiga cheklovlar joriy etish imkoniyati nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi yuk avtomobillari harakatini vaqtincha cheklashni, zarurat tugʻilganda esa yengil avtomobillar harakatini ham cheklashni taklif qildi. Avtomobillar uchun davlat raqamining oxirgi raqamiga qarab juft va toq sanalar tamoyilidan foydalanish mumkin. Elektromobillar va maxsus transport vositalarini cheklovlardan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shaharlarda ayrim qurilish ishlarini vaqtincha toʻxtatish, koʻchalar va yashil hududlarni sugʻorishni kuchaytirish hamda favvoralarning ishlashini taʼminlash mumkin. Noqulay ob-havo sharoitida energetika korxonalariga mazutdan foydalanishni, avariya va favqulodda vaziyatlardan tashqari, taqiqlash taklif etilmoqda.
Boshqa choralar qatorida koʻchada boʻlishni cheklash boʻyicha tavsiyalar berish, ochiq havoda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni bekor qilish va ommaviy tadbirlarni cheklash ham bor. Zarurat tugʻilganda davlat tashkilotlari xodimlarini masofaviy ishlashga oʻtkazishi mumkin. Loyiha muhokamasi 12 dekabrgacha davom etadi.
Yana oʻqing

Oʻzbekistonda profilaktika inspektorlari bilan aloqa qilish tartibi tasdiqlandi
Jamiyat21:17
Olmaotadagi turar joy majmuasidagi yongʻin ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosining hayotiga zomin boʻldi
Jamiyat20:38
